Xansi Flik Lamin Yamalni daho deb atadi.

"Men buni tez-tez takrorlayman: Yamal daho. Va u endigina 17 yoshda. Biz uni qo'llab-quvvatlashimiz kerak.

Hozircha hammasi joyida, ammo keyingi 15 yil davomida yuqori saviyada qolishni istasa, nafaqat yaxshi mashg'ulot o'tkazishi, balki bu yo'lga ruhiy jihatdan ham tayyor bo'lishi kerak.

U aqlli yigit. Futbolda shunchaki dam olishning o'zi etarli emas, ko'p mehnat qilish ham kerak. Buni uning iqtidoriga ega futbolchilar tushunishi kerak. Uning jamoada ajoyib namunalari bor, masalan, Rafinya, u ham unga ko'p ishonadi”, dedi “Barsa” ustozi.