"Barselona" sport direktori Deku "Atletik"dan vinger Niko Uilyams transferi borasidagi ishlar haqida gapirdi. Funktsioner tarkibda Lamin Yamal va Rafinya bo'lsa, jamoaga Uilyamsning nima keragi borligini tushuntirdi.

"Biz bu pozitsiyani kuchaytirishimiz kerak. Bizda vingerlar sifatida faqat Yamal va Rafinya bor, chunki Torres tobora markaziy hujumchiga aylanib bormoqda. Yamal yoki Rafinya yo'q bo'lsa, jamoaning saviyasi tushib ketadi. Ammo bu pozitsiyani ma'lum bir futbolchilar bo'yicha kuchaytirish narx va sifatga bog'liq," - dedi Deku La Vanguardia nashriga bergan intervyusida.