"Barselona" sport direktori Deku "Real Madrid" jamoasining o'z tarkibini kuchaytirish borasidagi ishlari haqida fikr bildirdi.

Bu yozda Madrid klubi himoyachilar Trent Aleksandr-Arnold va Din Xeysen, shuningdek, hujumkor yarim himoyachi Franko Mastantuono bilan shartnoma imzoladi.

"Markaziy himoyachi Xeyzen juda zo'r. Trent Aleksandr-Arnold ham ajoyib o'yinchi. Iqtidorli Mastantuono? Biz "Real Madrid" bilan solishtirganda boshqa dunyoda yashayapmiz", - dedi Deku.

Deku shu tariqa, "Barselona" hozirda boshqa transfer strategiyasiga ega ekanligini ta'kidladi.