"Barselona" va "Monako" Ansu Fati bo'yicha kelishuvga yaqin turibdi.

Insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, klublar sotib olish imkoniyati bilan ijara shartnomasi tafsilotlarini aniqlashtirishni yakunlamoqda.

"Monako" vingerni shu hafta tibbiy ko'rikdan o'tkazishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq, vinger 12 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olinishi xabar qilingandi. Shuningdek, shartnomada kataloniyaliklar uchun futbolchini keyinchalik qayta sotish summasidan katta foiz ko'rsatiladi.

O'tgan mavsumda Fati La Ligada 6 ta o'yinda maydonga tushib, samarali harakat qilmadi.