
Matbuotda "Atletik" o'z safida vinger Niko Uilyamsni saqlab qolish maqsadida "Barselona"dan moliyaviy audit o'tkazishni talab qilmoqchi ekani haqida xabarlar tarqaldi. Bu borada Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta izoh berdi.
"Atletik" nima uchun La Liga bilan "Barselona" haqida gaplashmoqchi ekanini tushunmayapman. Menimcha, bu o'rinli emas, ammo bu ularning muammosi," - deya Laportaning so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Niko Uilyams, matbuot ma'lumotlariga ko'ra, "Barselona"ga o'tishni istamoqda.
22 yoshli futbolchining "Atletik" bilan amaldagi shartnomasida 58 million evrodan 60 million evrogacha sotib olish imkoniyati ko'rsatilgan (bu haqdagi ma'lumotlar turlicha).
Fikrlar 0