Londonning “Chelsi” klubi “Milan” bilan frantsiyalik darvozabon Mayk Menyanning transferi borasida kelishuvga erisha olmadi. Shu munosabat bilan, "pensionerlar" yangi variantlar ustida ishlamoqda.

Caught Offside xabariga ko'ra, ingliz top-klubi Kataloniyaning "Barselona" klubida to'p tepayotgan nemis darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenga e'tibor qaratdi.

Oldinroq matbuotda 33 yoshli darvozabon yozgi transfer oynasida "ko'k-anorranglilar"ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.