Yarimhimoyachi Pol Pogba va hujumchi Ansu Fati "Monako"ga o'tishga yaqin turibdi, bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qilmoqda.

Manbaga ma'lum bo'lishicha, ikkala futbolchi ham monakoliklar qarorgohiga etib kelgan va tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi. Agar barchasi muvaffaqiyatli o'tsa, Pogba erkin agent maqomida imzolanadi. Fatiga kelsak, frantsuz klubi futbolchini Kataloniyaning "Barselona" klubidan ijaraga olmoqchi.

Liga 1ning o'tgan mavsumida "Monako" turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallagan edi.