"Barselona" darvozaboni Inyaki Penya yozda La Liganing boshqa bir jamoasiga ko'chib o'tishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, "Betis" hozirda 8 million evroga baholanayotgan 26 yoshli ispaniyalik golkiperni sotib olish uchun "ko'k-anorranglilar" bilan bog'lanishgan.

"Barsa" shartnomasi kelasi yozda yakunlanadigan darvozaboni bilan xayrlashishga tayyor.