
"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
21 yoshli futbolchi transfer bozorida jiddiy talabga ega, asosiy da'vogar esa "Chelsi" ekani aytilmoqda. Diario Sport xabariga ko'ra, "Barselona" Kasadoni sotish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyor, chunki jamoada yarim himoyachilar juda ko'p deb hisoblamoqda.
Kataloniya grandi istiqbolli tarbiyalanuvchisini sotishdan kamida 30 mln evro ishlab olmoqchi.
Ispaniyalikning "Barsa" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
Fikrlar 0