
Milanning "Inter" klubi o'ng qanot himoyachisi Denzel Dyumfris "Barselona" radarlariga tushib qoldi.
Niderlandiyalik futbolchining "neradzurrilar" bilan shartnomasida nisbatan katta bo'lmagan tovon puli - 25 mln evro ko'rsatilgan. Bu ma'lumotni taniqli insayder Fabritsio Romano ham tasdiqladi.
So'nggi oylarda Dyumfrisga "Barselona" qiziqish bildirayotgan edi, deydi Romano, ammo futbolchi bo'yicha rasmiy muzokaralar hali o'tkazilmagan.
Umuman olganda, futbolchi 2024/25 yilgi mavsumda 47 ta o'yinda 11 ta gol va oltita golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar 0