UEFA moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan klublar uchun jazolar haqida ma'lumot berdi. Ushbu klublarning har biri bilan kelishuvga erishildi. Eng yirik jarima "Chelsi"ga tegishli - 80 million evro. London klubi 20 million evro to'laydi, qolgan 60 million evro esa shartli jarima hisoblanadi. "Chelsi" 4 yil davomida UEFA nazoratida bo'ladi.

"Barselona" ikki yillik kuzatuv muddati bilan 60 million evro (15 million aniq + 45 million shartli) jarimaga tortildi.

Shuningdek, UEFA "Lion" (12,5 million + 37,5 million shartli, to'rt yil kuzatuv ostida), "Aston Villa" (5 million + 15 million shartli, uch yil kuzatuv ostida) va "Hayduk" (0,3 million + 0,9 million shartli, uch yil kuzatuv ostida) klublarini ham jazoladi.