Ispaniyaning “Barselona” klubi darvozabon Voytsex Shesni bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Manbaga ko'ra, 35 yoshli polshalik bilan shartnomani uzaytirish kataloniyaliklarga Inyaki Penyadan qutulish va Mark-Andre ter Shtegenni sotish variantini ko'rib chiqish imkonini beradi.

O'tgan mavsumda Shesni klublar o'rtasidagi barcha musobaqalarda 30ta o'yinda qatnashib, 36ta gol o'tkazib yuborgan. 14 o'yinda u o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.