Mutaxassis 2008 yildan 2012 yilgacha Kataloniya jamoasini boshqargan. "Barselona"ni tark etgach, "Bavariya"da ishlagan.

"Barca Universal" Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltirdi: 

"Hammasi tugagan. Abadiy yakunlangan. Bu ajoyib edi, lekin barchasi tugagan".

Hozirda "Barselona"ni Xans-Diter Flik boshqarmoqda. Kataloniya klubi o'tgan mavsum Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi.