Tomoshabinlar 10 ta gol urilganini ko'rdi. Ularning aksariyati, ya'ni ettitasini maydondagi saviyasi raqiblaridan ancha yuqori bo'lgan kataloniyaliklarga tegishli.

Umumiy hisobda “Barselona” 7:3 hisobida g'alaba qozondi. Lamin Yamal va Ferran Torres dubl qayd etgan bo'lsa, Robert Levandovski, Andreas Kristensen va Gavi 1 tadan to'p kiritdi.

"Seul" – "Barselona" 3:7

Gollar: Cho Yon Uk, 26, Abu Rab, 45+1, Yung Xan Min, 85 – Levandovski, 8, Yamal, 14, 45+3, Kristensen, 55, Ferran, 74, 88, Gavi, 76

Match-tsentrda ochish

"Barselona" yangi mavsumdagi ilk rasmiy o'yinini 16 avgust, shanba kuni o'tkazadi. Xans-Diter Flik shogirdlari shu kuni La Liganing 1-turida "Malorka" bilan o'ynaydi.