[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-534598_original.jpg[/readimg] [b]"Barselona" forvardi Lionel Messi "Real" xavbeki Eden Azar va "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduni taqqosladi. - Nima deb o'ylaysiz, Eden Azar Krishtianu Ronalduning o'rnini bosib, " Real"ning superyulduzi bo'la oladimi? - Azar - mohir o'yinchi. Bu himoyani bir xilda tahlikaga solib turuvchi futbolchi, o'ylashimcha u Krishtianudan farq qiladi, uning boshqa xususiyatlari bor. Ronalduning o'rnini egallash juda qiyin, ammo Azar ham ajoyib o'yinchi, - deydi Messi. Eslatib o'tamiz, " Barselona" va " Real" jamoalari o'rtasidagi o'yin ertaga, Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.[/b]