"Barselona" La Liga rahbariyatiga yana bir iltimos bilan chiqmoqchi, deya xabar berdi Eldesmarque.

Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar "Kamp Nou"dagi rekonstruktsiya ishlari cho'zilayotgani sabab liganing 4-turidan o'rin olgan "Valensiya"ga qarshi o'yinni "Mestalya"da va javob o'yinini o'z maydonida o'tkazishni so'ramoqchi.

Avvalroq, "ko'k-anorranglilar" UEFAdan Chempionlar ligasi 1-tur o'yinini safarda o'tkazish bo'yicha ruxsat olgan edi.