
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, «Barselona» himoya chizig'ida Andreas Kristensen va Ronald Arauxoning kelajagi noaniq bo'lgani sabab transfer bozorini o'rganmoqda.Manba ma'lumotiga ko'ra, eng katta qiziqish «Sporting» futbolchisi Gonsalu Inasiuga qaratilgan. U «Bavariya» hujumchisi Luis Dias bilan bir xil agentlik mijozi hisoblanadi. Shuningdek, katalonlar quyidagi himoyachilarni kuzatmoqda:«Nottingem Forest» futbolchisi Murillo;«Kristal Pelas» himoyachisi Mark Gexi;«Palmeyras» o'yinchisi Luis Benedetti;«PSJ» futbolchisi Lukas Beraldo (u Luis Enrike ishonchini yo'qotgani sabab frantsuz grandini tark etishi mumkin).
Fikrlar 0