Madridning "Real" klubi La liganing 10-turi doirasida "Barselona"ga qarshi qoldirilgan o'yin uchun qaydnomani e'lon qildi. Zidan unga 19 nafar futbolchini kiritdi.Kutilganidek, Marselo, Xames Rodriges, Lukas Vaskes, Eden Azar va Mariano Dias kengaytirilgan ro'yxatdan o'rin olishmadi.«Real»ning «Barselona»ga qarshi o'yin uchun kengaytirilgan tarkibi:Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areola, Diego AltubeHimoyachilar: Daniel Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho, Ferlan MendiYarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, IskoHujumchilar: Karim Benzema, Garet Beyl, Luka Yovich, Vinisius Junior, Rodrigo