[b]LaLiganing 10-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Real" uchrashuvi yana bir bor boshqa muddatga qoldirilishi mumkin. AS xabariga ko'ra, Kataloniya aholisi internetda Kataloniya mustaqilligi uchun namoyishlar o'tkazishni rejalashtirishmoqda. Namoyishlar esa shundoqqina "Kamp Nou" stadioniga yaqin joyda bo'lib o'tadi. U erda 25 mingga yaqin namoyishchi yig'ilishi kutilmoqda va ular katta ehtimol bilan jamoalar avtobusini stadionga qo'yib yuborishmaydi. Uchrashuv ertaga bo'lib o'tadi.[/b] [readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-534640_original.jpg[/readimg]