[readimg]https://stadion.uz/images/news/eldor11.jpg[/readimg] O'zbekiston milliy terma jamoasi va «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov jamoa bosh murabbiyi Valeriya Karpin futbolchilar bilan qanday munosabatda bo'lishini gapirib berdi. — RPLda to'p kiritish bo'yicha Sizda ko'rsatkich zo'r. To'purarlar poygasini kuzatib turasizmi? Kimni asosiy ta'qibchingiz deb bilasiz? — Albatta, kuzatib boraman. Asosiy raqobatchim deb hamma qatori — Sobolevni ko'rsataman. — O'zingizni RPL yulduzi bo'laman deb his qilyapsizmi? — Yo'q, men aslo bunday deb o'ylamayman. — Futbolchilar yulduzlik kasaliga chalinmasligi uchunValeriy Karpinnima qilyapti? — U tez-tez hazillashib seni yulduz deb ataydi. Umuman olganda bosh murabbiyimiz biz bilan tez tez gaplashib turadi.U futbochilarga nima deyishni biladi. U futbolchilarga bosim o'tkazmaydi va bu futbolchilar o'zini yaxshi his qilishi uchun qo'l keladi. — Karpinyozda “Rostov”ni istalgan futbolchisi50 millionevrouchun jamoani tark etishi mumkin degandi.Siz ayni paytda o'zingizni qanday summaga baholagan bo'lardingiz? — O'zimga o'zim baho berishni hoxlamayman. Maxsus insonlar, ekspertlar bor, ana shular bera qolsin baho va narxni. — Sizga Xitoy klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqadi.Siz bu haqda ma'lumotga egamisiz? — Xitoy klublari taklif yuborganini «Rostov» klubi rahbariyati bilsa kerak. Men bu haqda hech narsani bilmayman. — Xitoy klublariga 30 yoshgacha bormayman debsiz.Shu gap rostmi? — Ha, haqiqatdan ham rost. 30 yoshgacha Xitoyga bormasligim aniq. — Masalan Sizga Rossiyaning top klubi va Evropaning o'rtamiyona klubi taklif bilan chiqsa, qaysi birini taylaysiz? — Albatta, Evropani tanlayman. Shomurodov RPL 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.