"Atletiko" – "Real" uchrashuvi 8 yanvar kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida bo'lib o'tadi. Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) turnir uchun tarkib va joyni rasman tasdiqladi.

Musobaqa qatnashchilari:

"Barselona" – Ispaniya chempioni;

"Atletik" Bilbao – Ispaniya Kubogi finalchisi;

"Real" – La Liga vitse-chempioni;

"Atletiko" – Ispaniya Kubogi sohibi.

Yarim final juftliklari:

7 yanvar: "Barselona" – "Atletik" Bilbao

8 yanvar: "Atletiko" – "Real" 

Final 11 yanvar sanasiga belgilangan.

Turnir formati

Superkubok "To'rtlik final" formatida o'tkaziladi: ikkita yarim final va final. Agar asosiy vaqt durang bilan tugasa, jamoalar qo'shimcha vaqt o'ynaydi, keyin taqozo etsa, penaltilarga murojaat qilinadi.