"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, o'yindan so'ng 18 yoshli futbolchi o'zining qovuq qismida jiddiy noqulaylik his qilgan. Ushbu muammo tufayli Lamin avvalroq bir necha haftani o'tkazib yuborgan va bu vaqt ichida "Barselona"ning 4 uchrashuvida qatnashmagandi.

Manbaga ko'ra, Yamal Ispaniya chempionati doirasidagi "Sevilya"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi va terma jamoa yig'iniga bormaydi.

"Sevilya" va "Barselona" o'rtasidagi La Liga o'yini 5 oktyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:15 da boshlanadi.