Murabbiyning so'zlariga ko'ra, mag'lubiyatga qaramay, "ko'k-anorranglilar" mavsum oxirigacha ishonch va kuchni saqlab qolishlari kerak.
"Biz yaxshi jamoamiz va futbolchilar albatta qaytadi. Biz bunga ijobiy yondashishimiz kerak. Ikkinchi bo'limda ko'rgan reaktsiyamdan mamnunman", – dedi Flik.
Murabbiyning ta'kidlashicha, gap taktikada emas, balki jiddiy xatolarda.
"Muammo taktikada emas. Biz har doim bir xil o'ynaymiz. Ko'p narsa noto'g'ri ketdi: birinchi bo'lim yomon o'tdi, ammo ikkinchi bo'limda o'zgara oldik. Bundan saboq olib, kuchliroq bo'lib qaytishimiz kerak".
Eslatib o'tamiz, o'yin 5 oktyabr kuni “Ramon Sanches Pisxuan” stadionida bo'lib o'tgan va unda "Sevilya" sensatsion tarzda "Barselona"ni 4:1 hisobida mag'lub etgandi.
Fikrlar 0