[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-534689_original.jpg[/readimg] [b]Todibo Italiyaga yo'l olishi mumkin. “Milan” qishki transferlar vaqtida himoya chizig'ini kuchaytirish niyatida. Italyanlar ayni damda “ Barselona” bilan Jan-Kler Todibo transferi yuzasidan muzokara olib bormoqda. “Milan” futbolchini keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olishi kutilmoda. “ Barselona” esa Todibo uchun 25 mln evro olishni, shu bilan birga qayta sotib olish huquqini o'zida qoldirishni istamoqda. Avvalroq “ Barselona” himoyachini 10 mln evrodan kamiga sotilmasligi malum bo'lgandi.[/b]