[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-534688_original.jpg[/readimg] [b]Arturo ketmoqchi. CHililik yarim himoyachi Arturo Vidal qishki transferlar vaqtida boshqa klubga o'tishni xohlamoqda. “Inter” Vidalning transferi yuzasidan ikki kun davomida “ Barselona” bilan bog'langan. Biroq Kataloniya klubi futbolchini yanvarda qo'yib yuborish niyatida emasligini malum qildi. Arturoning o'zi esa kam o'yin amaliyoti sabab boshqa klubga tezroq o'tishni istamoqda. Eslatib o'tamiz, Vidal 2011-2015 yillar oralig'ida “Inter”ning hozirgi ustozi Antonio Konte qo'l ostida “Yuventus” safida harakat qilgan. Vidal joriy mavsum “ Barselona” safida La Liganing 12 ta o'yinida qatnashib, 4 ta gol urdi.[/b]