
Ispaniya terma jamoasi va «Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi, shuningdek kataloniyaliklar sobiq bosh murabbiyi Xavi jurnalistning qisqa savoliga javob berdi — u «ko'k-anorranglilar» qaysi futbolchini sotib olishi kerakligini aytdi.— Yangi transfer?— Xoland, — deb javob berdi Xavi Barca News portaliga bergan intervyusida.Ma'lumot uchun, 25 yoshli Erling Xoland joriy mavsumda barcha turnirlarda 16 ta o'yin o'tkazib, 24 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma bergan. «Manchester Siti» forvardi ketma-ket 10 ta uchrashuvda gol urishga muvaffaq bo'ldi — bu norvegiyalik hujumchining karerasidagi eng uzoq samarali seriya hisoblanadi.Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, Xolandning taxminiy bozor qiymati — 180 million evro.
Fikrlar 0