"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen hozirda belidan olgan jarohatini tiklashda davom etmoqda.

Sport nashri xabariga ko'ra, 33 yoshli nemis golkiperi yanvar oyida maydonga qaytishni maqsad qilgan.

Markning pozitsiyasi qati'iy - u klubni tark etmoqchi emas.

Ter Shtegen asosiy tarkib uchun Joan Garsiya bilan kurashadi.