
«Real» va «Valensiya» klublari «Elche» jamoasining yarimhimoyachisi Rodrigo Mendosaga eng katta qiziqish bildirmoqda.Biroq «Barselona», «Atletiko» (Madrid), «Vilyarreal», «PSJ» va Angliya premer-ligasi klublari ham futbolchini kuzatmoqda. Buning sababi — Mendosaning Chilida bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi safida namoyish etgan yorqin o'yinidir.Joriy mavsumda Rodrigo Mendosa «Elche» tarkibida beshta o'yin o'tkazdi va ularda bir gol urdi.
Fikrlar 0