Bu haqda futbol jurnalisti Nikolo Skira xabar berdi. 

Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" ispaniyalik futbolchi uchun 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tayyorlamoqda. Himoyachining klub bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilning iyunigacha tuzilgan.

Garsiya – Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi. 24 yoshli futbolchi joriy mavsum asosiy tarkibda maydonga tushmoqda. U barcha musobaqalarda 10 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga ulgurdi.