Florian Plettenbergning ma'lumotiga ko'ra, klubdagilar uning qishda ketishiga qarshilik qilmaydi. Biroq posbonning o'zi hali bir qarorga kelmagan.

Agarda "Barselona"da qolib, zaxirada o'tirib qolsa, 34 yoshga kiradigan posbon JCh-2026ni o'tkazib yuborish xavfi ostida turibdi.

Ayni damda ter-Shtegen jarohatini davolash bilan band va u ushbu mavsumda o'yinlarda qatnashganicha yo'q.