[readimg]https://static.sports.uz/crop/818147dfca392314cad7a507de839f48.jpg[/readimg] Hujumchimiz boshqalarni katta farq bilan ortda qoldirdi Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichi 3, 4-turidan o‘rin olgan Yaman va Singapurga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushdi. Yaman Toshkentda 5:0 hisobida taslim etildi. Singapur esa o‘z maydonida 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratildi. Mana shu uchrashuvlarning eng yaxshisini aniqlash uchun saytimizning telegram kanalida so‘rovnoma o‘tkazildi. Unda 2252 nafar odam ishtirok etdi. Eng ko‘p ovoz katta ustunlik bilan Eldor Shomurodovga berildi – 72. Ikkinchi o‘rinda Odil Ahmedov qayd etildi – 9. Kuchli uchlikni Jaloliddin Masharipov yakunladi – 5.