
«Barselona» prezidenti Joan Laporta «Real Madrid»ga qarshi o'yinlardagi g'alabalar unda hech qachon zerikish hissini uyg'otmasligini ta'kidladi.— «Sizga “Barsa”ning “Real” ustidan g'alaba qozonishini tomosha qilishdan zerikish hissi paydo bo'lmaydimi?»— «Yo'q, men bundan hech qachon charchamayman. “Barsa”ning g'alabasini ko'rish — bu sport raqobatidan ham yuqori tuyg'u. Bunday o'yinlar eng kuchli raqobat va ehtiros bilan kechadi. Bu ajoyib his», — dedi Laporta Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.Eslatib o'tamiz, «Barselona» o'tgan mavsumdagi barcha to'rtta «el-klasiko»da g'alaba qozongan va umumiy hisob 16:7 bo'lgan.Ispaniya — Primera. 10-tur26 oktyabr 2025 yil, yakshanba. 20:15«Real Madrid» — «Barselona»
Fikrlar 0