Manbaga ko'ra, Kataloniya klubi allaqachon futbolchining vakillari bilan mumkin bo'lgan transferni muhokama qilish uchun bog'langan. Frantsiya klubi "Lion"ning moliyaviy ahvoli noaniq bo'lgani sababli yozda iste'dodli futbolchisini sotishni ko'rib chiqishi mumkin.

Fofana "Lion"ga bir yil oldin "Gent"dan 19,5 million evroga kelib qo'shilgan va 2028 yilgacha mshljallangan shartnoma tuzgan. U ushbu mavsum Liga 1 va Evropa Ligasida 12 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

"Liverpul" va "Arsenal" ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda va uning transfer qiymati taxminan 30 million evroga baholanmoqda.