
"Barselona" darvozaboni Joan Garsiya futbolda nimalarga erishishni orzu qilayotgani haqida gapirdi.
24 yoshli futbolchi joriy mavsum boshidan buyon "ko'k-anorranglilar" sharafini himoya qilib kelmoqda. U bungacha Kataloniyaning boshqa bir klubi - "Espanol" sharafini himoya qilgan.
"Men jahon chempionatidagi g'alabani barcha imkoniyatlardan yuqori deb bilaman. Balki Chempionlar Ligasidagi g'alaba ham shu darajada bo'lar", - deya javob berdi 24 yoshli futbolchi maqsadlari haqidagi savolga.
Joan Garsiya hozircha Ispaniya terma jamoasida o'ynamadi. Kiper "Barselona"ning asosiy tarkibiga kirdi, ammo tez orada hali davolanmagan jarohati tufayli safdan chiqdi.
Fikrlar 0