
Diego Simeone "Barselona"ga qarshi o'yinlarning 15 foizidan kamrog'ida g'alaba qozongan, xolos.
Bugun uning qo'l ostidagi "Atletiko" La Liga 19-turining qoldirilgan o'yinida kataloniyaliklarga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 1:3.
Bu argentinalik murabbiyning "blaugrana"ga qarshi 41-o'yini bo'ldi. Shu vaqt ichida atigi oltita g'alaba qo'lga kiritildi. 12 marta durang qayd etilgan bo'lsa, 23 marta "Barselona"ning qo'li baland kelgan.
Simeone "Atletiko"ga 2011 yildan buyon ustozlik qilib kelmoqda.
Fikrlar 0