"Barselona" La Liga doirasida "Real" (0:0) bilan durang o'ynadi.

Kataloniyaliklar ketma-ket 7 o'yinda Ispaniya chempionatida "Real"ga mag'lub bo'lmadi.

So'nggi marta ular 2016 yil aprel oyida La Liga doirasida «Real»ga imkoniyatni boy berishgan edi (1:2).

Shu tariqa "Barselona" o'zining eng yaxshi seriyasini takrorladi, avvalroq Pep Gvardiolaning "Barselona"si ham 7 o'yinda yutqazmagan edi.