
Angliyaning grand klublari "Yuventus" hujumchisi Kenan Yildizni sotib olishni istamoqda.
"Keksa sinora" rahbariyati 20 yoshli futbolchini shartnomasini yaxshiroq shartlar bilan uzaytirishga ko'ndirishga harakat qilmoqda, ammo Premer-liga klublari hali ham turkiyalik yulduz hujumchini o'ziga jalb qilishga harakat qilmoqda. Caughtoffside nashrining xabar berishicha, "Chelsi" va "Arsenal" futbolchi bilan uning agentlari orqali muzokaralar olib borishmoqda. Hujumchi hali kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilmagan.
Kenan Yildiz Transfermarkt tomonidan 75 million evroga baholanmoqda. Bu mavsumda "Yuventus" hujumchisi 21 ta o'yinda oltita gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar 0