Frantsiyaning mashhur L’Equipe nashri 2025 yilning eng yaxshi futbolchilaridan tashkil topgan ramziy jamoani e'lon qildi. Unga «PSJ» klubidan birdaniga 8 nafar futbolchi kiritildi.

Darvozabon: Janluidji Donnarumma («PSJ», «Manchester Siti»).

Himoyachilar: Ashraf Hakimiy («PSJ»), Vilyam Pacho («PSJ»), Vilyam Saliba («Arsenal»), Nunu Mendesh («PSJ»).

Yarim himoyachilar: Vitinya («PSJ»), Joau Nevesh («PSJ»).

Hujumchilar: Lamin Yamal («Barselona»), Dezire Due («PSJ»), Usmon Dembele («PSJ»), Kilian Mbappe («Real» Madrid).

Bosh murabbiy: Luis Enrike.

O'tgan mavsumda «PSJ» Chempionlar ligasi, Frantsiya chempionati, mamlakat kubogi va Superkubokni qo'lga kiritdi. Shuningdek, frantsuz grandi klublar o'rtasidagi jahon chempionati finaligacha etib bordi va UEFA Superkubogini ham yutdi.