
Madridning «Real» klubi vingeri Rodrigo Goes Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona»ga qarshi o'ynay olmasligi mumkin, deb xabar bermoqda COPE.Manbaga ko'ra, futbolchining tizza orqa bog'lamlari bilan muammolari yuzaga kelgan va shu sababli u og'riq his qilmoqda. 10 yanvar kuni braziliyalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi, natijasiga ko'ra u maydonga tushish-tushmasligi aniq bo'ladi.Eslatib o'tamiz, turnirning yarim finalida «Real» «Atletiko»ni mag'lub etgan bo'lsa, «Barselona» esa «Atletik Bilbao»ga qarshi o'yinda g'alaba qozongan edi.
Fikrlar 0