28 yoshli futbolchining "giloslar" bilan shartnomasi yarim yildan so'ng yakunlanadi. Turinliklar aynan shu holatdan foydalanib, argentinalik himoyachini erkin agent sifatida safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. 

"Tuttosport" nashriga tayanilsa, "Yuventus" rahbariyati futbolchiga "Barselona" ham qiziqish bildirayotganiga qaramay, bitimni amalga oshirishga ishonmoqda.

Transfermarkt portaliga ko'ra, Markos Senesining bozor qiymati 22 mln evro deb baholanmoqda. Markaziy himoyachi ushbu mavsum "Bornmut" safida 22 o'yinda qatnashib, 4 ta golli pas uzatdi.