«Real» klubi Ispaniya qirollik futbol federatsiyasiga talabnoma yuborib, "Barselona"ga qarshi boʼlib oʼtgan oʼyinning ayrim vaziyatlari boʼyicha tushuntirish soʼradi.
AS tarqatgan xabarga, madridliklar uchrashuv bosh hakami Аlexandro Ernandes Ernandes va videoyordamchi hakam (VAR) Rikardo de Burgos Bengoechea oʼrtasida boʼlib oʼtgan suhbatning audioyozuvi bilan qiziqishmoqda.
Bu orqali «Real» Rafael Varanga nisbatan Kleman Langle va Ivan Rakitich tomonidan ishlatilgan qoidabuzarliklar uchun nima sababdan penalьti belgilanmaganiga oydinlik kiritmoqchi.
Fikrlar 0