"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Rafinyaning ahvoli haqidagi savolga javob berdi.

Braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasi doirasida "Slaviya"ga qarshi safar o'yini qaydnomasiga kiritildi, ammo u dam olish kunlari La Liganing "Real Sosedad"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuborgandi.

- Rafinya o'yinga tayyormi?

- Ha, tayyor bo'ladi. Kecha u mashq qildi va bugun yana bir imkoniyatga ega bo'ladi.

"Slaviya" va "Barselona" jamoalari 21 yanvar, chorshanba kuni maydonga tushadi.