[readimg]https://championat.asia/upload/storage/535097_original.jpg[/readimg] [b]"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger "Liverpul" forvardi Muhammad Salah haqida fikr bildirdi. "Menga uning evolyuciyasi yoqadi. U "Monterrey" (2:1)ga qarshi o'yinda pleymeykerlik vazifasini bajardi. Messini eslatgan holda jarima maydonchasi va bazi joylarda ajoyib vaziyatlarni yaratdi. SHunisi quvonarliki, ko'plab gollarni urayotgan bu yigit assistlarni ham amalga oshirmoqda. U zo'r o'yinchi. Aynan shu jihatlar barchamizni hayratga soladi va buni barcha futbolchilardan istaymiz",- deydi Venger.[/b]