
"Barselona" "Levante" forvardi Etta Eyongni o'z safiga qo'shib olmaslikka qaror qildi.
Diario SPORT xabariga ko'ra, Kataloniya klubi futbolchining transferi uchun kurashdan chiqishga qaror qilgan. Kamerunlik futbolchining shartnomasidagi tovon puli 30 million evroni tashkil etadi. "Ko'k-anorranglilar" futbolchi uchun buncha pul to'lashga tayyor emas. Shu bilan birga, "Barselona" Angliya Premer-ligasi jamoalari bu summani to'lashi mumkinligini tushunadi.
Etta Eyong "Levante"ga 2025 yilda "Vilyarreal"dan uch million evro evaziga o'tgandi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Hujumchi joriy mavsum 19 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar 0