
"Barselona" Ferran Torresning kelajagi bo'yicha o'z pozitsiyasini belgilab oldi.
Futbolchiga bir nechta klublar qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, joriy transfer oynasida nomi oshkor etilmagan jamoa Torres uchun 45 million evro taklif qilgan, biroq «Barselona» bu taklifni rad etdi. Katalon klubi rahbariyati futbolchining qiymati bundan yuqori deb hisoblaydi va o'yinchi uchun yanada kattaroq taklifni kutishni rejalashtirmoqda.
Joriy mavsumda Ferran Torres «Barselona» safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar 0