"Inter" hujumchisi Lautaro Martines "Barselona" forvardi Lionel Messining Argentina uchun muhimligini yuqori baholadi. "Biz argentinaliklar uchun Messi xuddi Maradona kabi muhim. U dunyoda eng zo'ri, u bilan o'ynash - bonus. Leoga Jahon kubogini yutishda yordam berolsam ajoyib bo'lardi", - dedi Martines. SHuningdek, "neradzurrilar" o'yinchisi kataloniyaliklarning qiziqishi haqida ham gapirdi. "Menga katta klublarning qiziqayotgani yoqadi. Bu yaxshi ishlayotganimni va o'sayotganimni isboti. Lekin, men bu erda baxtliman. "Inter" - mening uyim. Konte yanada kuchli bo'lishimda yordam bermoqda, u menga o'yin amaliyoti bermoqda va menga ishonmoqda", - dedi Lautaro "La Repubblica"ga bergan intervyusida.