"Manchester Yunayted" "Barselona" himoyachisi Jan-Kler Todiboni xarid qilmoqchi. Faqatgina manchesterliklar Todibo uchun 20 million evro to'lashlari va futbolchi bilan muzokaralar olib borayotgan "Milan" bilan raqobatda yutib chiqishlariga to'g'ri keladi. Jan-Kler Todibo joriy mavsum "ko'k-anorranglilar" libosida 2 marta La Ligada va 1 marta ECHLda maydonga tushdi. Qayd etish kerakki, Todiboga bundan tashqari yana bir A Seriya vakili, "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda.