Barcelona
← Yangiliklarga qaytish
Barcelona
"Barselona o'z tarixida 7-marta yilni “Kamp Nou”da mag'lubiyatsiz yakunladi"
[b]Ispaniya chempionatining 18-turida “Barselona” o'z maydonida “Alaves” bilan kuch sinashdi.
“Kamp Nou”da kechgan qiziqarli bahsda maydon egalari yirik 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi. 2019 yilda “ Barselona” o'z maydonida kechgan bahslarda biror marotaba ham mag'lub bo'lmadi, deya xabar bermoqda ispaniyalik statistikachi Aleksis Martin-Tamayo o'zining Tvitterdagi sahifasida. “Kamp Nou”d kechgan 28 ta uchrashuvning 24 tasida kataloniyaliklar g'alaba qozongan bo'lishsa, 4 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbati 81-20.
Barselonaliklar bu kabi natijani 7-bor qayd etishmoqda. Bungacha “ Barselona” 1957, 1959, 1968, 1974, 1975 va 2011 yillarda ham yilni o'z maydonidagi bellashuvlarda mag'lubiyatsiz yakunlagadi.
Ayni paytda Valverde jamoasi Ispaniya chempionati turnir jadvalida 30 ochko to'plab peshqadamlik qilishmoqda.[/b]
UB
Fikrlar 0