«Barselona» o'z uyidagi mag'lubiyatsiz seriyasini 7 ta o'yinga etkazib oldi.

Xansi Flik shogirdlari bugun Chempionlar ligasi doirasida o'z maydonlarida «Nyukasl»ni tor-mor etishdi — 7:2.

22 fevraldan boshlab kataloniyaliklar quyidagi natijalarni qayd etishdi:

«Levante» (3:0) — g'alaba;

«Vilyarreal» (4:1) — g'alaba;

«Atletiko» (3:0) — g'alaba;

«Atletik» (1:0) — g'alaba;

«Sevilya» (5:2) — g'alaba;

«Nyukasl» bilan safarda (1:1) — durang.

Endi «Barselona» 22 mart kuni La Liga doirasida «Rayo Valekano»ga qarshi maydonga tushadi.