[readimg]https://penalti.uz/files/uploads/crop/101f5d80c57ddadeb5a859539bf2aff8.jpg[/readimg] [b]U haqiqiy gol mashinasi. “Barselona” forvardi Luis Suares bugun La Liganing 18-turidan o‘rin olgan “Alaves”ga (4:1) qarshi o‘yinda gol urishga erishdi. Bu gol urugvaylik futbolchi uchun joriy mavsum chempionatdagi 10-gol bo‘ldi. E’tiborlisi, Suares shu tariqa 15 mavsumdan buyon milliy chempionat bahslarida kamida 10 ta gol urib kelmoqda. Ma’lumot uchun, Suares o‘zining debyut mavsumini Urugvayning “Nasonal” klubida boshlagan. Shundan so‘ng u “Groningen”, “Ayaks” va “Liverpul” klublarida to‘p surdi.[/b]